Yakkasaroyda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 9 aprel kuni soat 10:00larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida joylashgan tuman IIO FMB binosi ro‘parasida uchta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
YTHda haydovchi, 1998-yilda tug‘ilgan F.M. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli; haydovchi, 1990-yilda tug‘ilgan R.F. boshqaruvidagi «Damas» rusumli; haydovchi, 1978-yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomobillar shikastlangan.
To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter