Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona portal orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga kirish imkoni yaratildi

Yagona portal orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga kirish imkoni yaratildi

Inson hayotiy sabablarga ko‘ra yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tishi va har ko‘chganida u doimiy ro‘yxatga olish uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga borishiga to‘g‘ri keladi.

Endilikda fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish uchun Yagona portaldagi (my.gov.uz) «Fuqarolik» turkumiga o‘tsangiz, bas.

Mazkur xizmat orqali ko‘chmas mulk ob’yektiga egalik huquqi bir shaxsga tegishli bo‘lgan ob’yektlarga doimiy ro‘yxatga turish mumkin. Xizmatdan quyidagi toifalardagi fuqarolar foydalanishlari mumkin:

1) Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.

2) Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

3) Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

Xizmat avtomatlashtirilgan va 1 ish kunida taqdim etiladi.

Xizmatni taqdim etish narxi – BHMning 2%, Yagona portal orqali xizmat ko‘rsatilganda esa dastlabki narxdan 10% arzondir.

Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish xizmatidan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/view/363

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring