Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona portal orqali beriladigan litsenziyalar soni bittaga ko‘paydi

Yagona portal orqali beriladigan litsenziyalar soni bittaga ko‘paydi

Foto: «Mitc.uz»

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani berish xizmati ishga tushirildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi «Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 408-son qarori asosida ishga tushirilgan.

Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ko‘rsatiladi.

Xizmat bilan batafsil ushbu manzilda tanishishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring