Yadro urushini qanday bartaraf etish mumkin?
Yadro urushini faqat atom quroli ishlab chiqarishga ko‘proq ayollarni jalb etish orqali bartaraf etish mumkin. Foreign Policy jurnali muxbiri Zanti Sharff aynan shunday fikr bildirib o‘tdi.
Jurnalistning hisoblashicha, sohada erkaklarning ko‘p bo‘lishi yadro urushi xavfini oshirib yuboradi. U o‘z fikrini harbiy o‘yinlar tadqiqoti orqali isbotlamoqda. Xulosalarga ko‘ra erkaklar ko‘proq tajovuzkor bo‘ladi va tavakkal qilishga moyil.
Sharff shuningdek tinchlikparvarlik sohasidagi tadqiqotlarga ham asoslanadi. Tinchlik muzokaralarida ayollarning ishtirok etishi ikki tomon kelishuvga erishish imkonini oshirib yuborar ekan. Sharffning ta’kidlashicha, agarda ayollar ko‘proq faoliyat yuritganida xalqaro raketa kelishuvlariga ham vijdonan amal qilingan bo‘lardi.
Ayni vaqtda yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha muzokaralarda ayollarning o‘rni faqat to‘rtdan bir qismdan iborat. Zanti Sharffning xulosasiga ko‘ra ayollarning ta’siri oshishi uchun 30 foizlik sarhaddan o‘tib ketish lozim bo‘ladi. Shu bois ham tadqiqotchi OAVga yadro sohasida ayollarga ko‘proq e’tibor berish va ularning faoliyatini yoritishni taklif qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter