«Ya uyedu jit v London...»: Mashhurlar Rossiyani tark etmoqda
Qadrdon dugonalar — xonanda Zemfira va aktrisa Renata Litvinova Rossiyadan yashirincha chiqib ketishdi deb xabar berdi «Neva.Today». San’atkorlar Parijga yo‘l olishgan.
24-fevral sanasida Zemfira «Music Media Dome»da bergan konsertga Litvinova ham borgandi.
Parijga modalar bo‘yicha tarixchi Aleksandr Vasilev ham ketdi. O‘zining aytishicha, Fransiya poytaxtida ko‘pdan beri istiqomat qiladi.
Avvalroq taniqli xonanda Alla Pugachyova oilasi bilan xorijga chiqib ketgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Uni Moskvadagi aeroportlardan birida ko‘rishgan.
Teleboshlovchilar Kseniya Sobchak, Kseniya Borodina, xonanda Grigoriy Leps, aktrisa Lyudmila Porgina ham hozir Rossiyada emas. Ular ta’tilga ketishganini aytishyapti...
Lepsning o‘sha mashhur qo‘shig‘i yana urfda: «Ya uyedu jit v London...».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter