Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushxabar! Dunyoda yangi COVID-19 holatlari soni kamayishi qayd etildi

Xushxabar! Dunyoda yangi COVID-19 holatlari soni kamayishi qayd etildi

Foto: «RIA»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropada yangi COVID-19 holatlari soni kamayganligini qayd etdi. Bu o‘tgan hafta sentyabrning boshidan buyon yangi kasallanishlar sonining birinchi global pasayishiga olib keldi, deya brifingda ma’lum qildi JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

«O‘tgan hafta Yevropada kasallanish holatlari sonining kamayishi sababli sentyabr oyining boshidan beri dunyoda yangi kasallanishlar soni birinchi marta pasaydi. Bu samarali, biroq mashaqqatli choralarning joriy etilishi bilan bog‘liq. Yaxshi yangilik, lekin bizdan ehtiyotkorlik talab etiladi», — dedi JSST raisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallanishlar soni ham, vafot etayotgan bemorlar soni ham dunyoning boshqa hududlarida ko‘payishda davom etmoqda. Shu munosabat bilan JSST bosh direktori yangi yil arafasida mas’uliyatni his qilib, pandemiya sharoitida bayramni nishonlash qanchalik xavfsiz bo‘lishini baholashga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring