XTBga 375 dona sifatsiz kompyuter to‘plamini «o‘tkazgan» shovvozlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bo‘ka tumani xalq ta’limi bo‘limiga sifatsiz kopyuterlar to‘plami «o‘tkazilgani» aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ayni mahkama huzuridagi departament ma’lumotlariga asoslanib xabar qilmoqda.
Unga ko‘ra, davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida qonuniylikni ta’minlash borasida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «W» MChJ mansabdor shaxslari tuman xalq XTB tasarrufidagi maktablarga hujjatlarida ko‘rsatilganidan boshqa, sifatsiz, eng yomoni - qayta ta’mirlangan 375 dona kompyuter to‘plamlarini o‘tkazgani fosh bo‘ldi. Buning natijasida 628,4 milllon so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilingani aytilmoqda.
Ayni paytda «W» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter