«Xovosda poyezd ayolni «ikkiga bo‘lib tashladi» xabari yuzasidan ma’lumot berildi

24-may kuni soat 13:30 larda Sirdaryo viloyati IIB navbatchilik qismi xabar kelib tushdi. Aniqlanishicha, «Xovos-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi elektropoyezdi Xovos aylanma yo‘lida 25-30 yoshlar atrofidagi ayol kishini urib yuborgan.
Surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1999-yilda tug‘ilgan T.Sh. ekanligi hamda o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida elektropoyezd urib yuborganligi aniqlangan. Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter