Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlarga bag‘ishlangan boshqa bayramlarni bilasizmi?

Xotin-qizlarga bag‘ishlangan boshqa bayramlarni bilasizmi?

foto: iStockPhoto.com

8 Mart butun dunyo bo‘ylab Xalqaro xotin-qizlar kuni – ayollarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yutuqlari nishonlanadi.

Ammo Xalqaro xotin-qizlar kuni ayollarga bag‘ishlangan yagona bayram emas.

Onalar kuni

May oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan onalar kuni ayollarning onalar sifatidagi mehnati va cheksiz mehrini qadrlashga bag‘ishlangan. Ushbu kun dunyoning ko‘p mamlakatlarida nishonlanadi.

Xalqaro qizlar kuni

Xalqaro Qizlar kuni 11 oktyabrda nishonlanadi. Asosiy e’tibor ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va inson huquqlarini ta’minlashga ko‘maklashish, shuningdek, qizlar har kuni duch keladigan muammolarni hal qilishga qaratilgan.

Opa-singillar kuni

Opa-singlingizga yoki opa-singildek bo‘lib ketgan dugonalaringizga qo‘ng‘iroq qiling va 6 avgust kuni ushbu ajoyib bayramni nishonlang. Bu norasmiy bayram bo‘lib, u opa-singillar o‘rtasidagi noyob rishtalarni yanada mustahkamlaydi.

Ayollar do‘stligi kuni

Agar ayollarning dugonalari bo‘lmaganida, hayot qiyin bo‘lar edi. 17 sentyabr kuni mazza qilib dugonalar bilan yig‘iladigan kun.

Ishbilarmon ayollar kuni

Ayollar uchun bu noyob bayram 1940 yillarning oxirlarida ayollar uydan chiqib, ishlash imkoniga ega bo‘lgan paytdan boshlab nishonlanadi.

Erkaklar kechki ovqat qilish kuni

Noyabr oyining birinchi payshanbasi ishdan uyga qaytganingizda ovqat qilish haqida o‘ylamaydigan kun. Chunki bu kunda turmush o‘rtog‘ingiz siz uchun ovqat qiladi.

Uy bekasi kuni

Ushbu noyob bayram uyda onalar va ayollarning qolish tanlovini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu bayram qal’ani ushlab turadigan g‘amxo‘r, kuchli va qudratli ayollarga atalgan.

Buvilar bayrami

Fransiyada buvilar bayrami mart oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi. 55 yoshdan oshgan barcha ayollarga bag‘ishlangan, shu kuni xonimlar qiz do‘stlari bilan xarid va ekskursiyalarni tashkil qilishadi, kino, kafe va restoranlarga, muzeylarga, teatrlarga va go‘zallik salonlariga borishadi, chunki hamma joyda ularni maqtovlar, sovg‘alar va chegirmalar kutadi.

Qizlar bayrami (Xina Matsuri)

Xina Matsuri (Yaponiya) «qo‘g‘irchoqlar bayrami» deb tarjima qilingan. Uning ikkinchi nomi shaftoli gullash kunidir, chunki shaftoli gullari yapon madaniyatida ayollik go‘zalligi va nozikligini anglatadi. Bayram 3 mart kuni, oy taqvimiga ko‘ra uchinchi oyning uchinchi kunida nishonlanadi. Bayram ko‘p asrlik tarixga ega, qadimiy marosimlar bilan bog‘liq. Yosh malikalarning xonalari shu kuni mandarin daraxtlari va gilos gullari bilan bezatiladi, qizlarning o‘zlari esa yorqin kimonolar kiyib, qo‘g‘irchoqlarning uy ko‘rgazmalarini tashkil qilishadi.  

Gretsiyadagi ayollar kuni

8 yanvar kuni erkaklar va ayollar uy vazifalarini o‘zgartiradilar. O‘sha kuni oila boshlig‘i supurgi, yo‘rgak yoki oshxona fartugiga ega bo‘ladi, ammo u uy ishlarni qilishdan bosh tortsa va xotini, qizi, onasi, singlisi, boshqa qarindoshlari uchun sovg‘a olishni unutsa, beparvoning ustiga bir chelak sovuq suv quyiladi. Ushbu kunda yunon ayollari qahvaxonalarda istagancha shovqin-suron, o‘yin-kulgu qilishadi.

Yana ayollar kuni

Islandiyada qishning oxirida ayollar kuni nishonlanadi. Mamlakatning turli burchaklarida bu kun 16, 19, 20 yoki 24 fevral kunlari nishonlanadi va bayramning ildizlari siyosiy emas, balki... Bir paytlar ketishni istamagan qattiq qishni tinchlantirish uchun ayollar ertalab erta turishlari va uylarida yengil kiyimda uch marta yugurishlari kerak edi. Keyin kun qahramonlari kun bo‘yi dam olishgan va erkaklar ular uchun uy vazifalarini bajarishgan. Hozirgi kunda islandiyaliklar qishni tinchlantirishlari shart emas, lekin har yili qandolatchilar maxsus shirinliklar pishiradi va erkaklar ularni ayollar uchun sotib olishadi, kofe bilan mehmon qilishadi.

Hindistondagi Durga Puja bayrami

Bu shunchaki ayollar kuni emas, balki oktyabr oyining boshida bo‘lib o‘tadigan va to‘rt kundan o‘n kungacha davom etadigan haqiqiy ayollar festivali. Barcha bayram kunlari raqslar, musiqa, qo‘shiqlar va o‘yin-kulgilar bo‘lib o‘tadi. Ayollar uchun ko‘plab taomlar tayyorlanadi, ular yorqin kiyinishadi va ibodatga borishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring