Xotin-qizlar qo‘mitasi Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro migratsiya tashkilotining (IMO) 2018-2019 yillar uchun hamkorlik yo‘l xaritasida xotin-qizlar masalalariga doir ko‘plab amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
2018 yil 25 iyun kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasida Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekiston bilan aloqalar menejeri - Sanjar Toshbayev va qo‘mitaning Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Nodira Shotursunova o‘rtasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Xalqaro migratsiya tashkilotining 2018-2019 yillardagi hamkorlik rejalari va birgalikdagi loyihalar istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra:
- odam savdosiga qarshi kurashish va odam savdosi qurbonlariga yordam ko‘rsatish maqsadida davlat va nodavlat tashkilotlar vakillariga hamkorlikdagi o‘quv kurslarini tashkil qilish;
- odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha axborot-profilaktik materiallar va ko‘rgazmali qurollar (plakat, buklet, tarqatma materiallar)ni ishlab chiqish va chop etish;
- odam savdosi qurbonlari va ortga qaytgan migrant ayollar uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritish to‘g‘risidagi amaliy qo‘llanma ishlab chiqish va chop etish hamda mintaqaviy biznes-treninglar tashkil qilish;
- odam savdosiga qarshi kurashish hamda xavfsiz va tartibga solingan migratsiya bo‘yicha ijtimoiy videoroliklar yaratish va namoyish qilish bo‘yicha aniq chora chora-tadbirlar belgilab olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter