Xotin-qizlar diqqatiga! O‘zbekistonda Tumaris Tech loyihasi yo‘lga qo‘yildi
Bugungi jamiyatda ayollar uy bekasi, rafiqa yoki ona vazifasi bilan cheklanib qolmayapti. Zero, rahbar lavozimlar yoki xususiy faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan xotin-qizlar soni tobora oshib bormoqda. 2020 yilda tadbirkorlik faoliyatini boshlagan ayollar soni 38 mingtadan ko‘proqni tashkil etdi. Ular tomonidan 58 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Va aynan shu sababli, IT Park biznes muhit va tadbirkorlikni rivojlantirish USAID loyihasi qo‘llab-quvvatlashi bilan O‘zbekiston Respublikasida ayollar texnologik tadbirkorligini rag‘batlantiruvchi Tumaris Tech loyihasini yo‘lga qo‘ydi.
Mazkur loyihaning o‘ziga xos tarafi, taqdim etiladigan dastur va kurslar o‘z g‘oyalarini daromad kelturuvchi biznesga aylantirish istagida bo‘lgan IT sohasidagi tadbirkor xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan. Loyihaning asosiy vazifasi – xotin-qizlarga g‘oyalarini amalga tatbiq etishlari uchun har tomonlama ko‘mak hamda qo‘shimcha ta’lim olishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish. Ya’ni ayollarni ICT ekotizimiga jalb etishni kuchaytirish ko‘zda tutilgan: frilanser sifatida ishlashni istovchi ayollar ta’limini yo‘lga qo‘yish hisobiga BPO (Business Process Outsourcing)ni rivojlantirishdan boshlab, to startaplarni takomillashtirish hamda investitsiyalarga o‘qitishgacha.
Loyiha bir nechta muhim qismlardan tashkil topgan bo‘lib, ularda uch darajali rag‘batlantirish tizimi amalga oshiriladi, xususan: avvaliga ayollar IT sohasida rivojlanish uchun zarur boshlang‘ich amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar. Shundan so‘ng, mazkur ko‘nikmalar asosida ular g‘oyani ishlab chiqishi va startaplarni rivojlantirishda professional yordam olishlari mumkin. Natijada, eng muvaffaqiyatli g‘oyalar moliyalashtirishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ayrim ishtirokchilar investitsiya kiritish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni olish uchun ta’lim olishlari, shu bilan O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini va startap-ekotizimni rivojlantirishning barqaror mexanizmini ishga tushirishlari mumkin.
Loyiha ishtirokchisiga aylanish uchun tumaris.tech saytida ro‘yxatdan o‘tish va o‘z startapi prezentatsiyasi ko‘rinishidagi arizalarini qoldirish lozim. Taqdimot namunasini saytda topishingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish 10 sentyabrgacha (shu kuni ham) ochiq.
Xotin-qizlar tadbirkorligini yaxshilashga qaratilgan bunday tashabbuslar ko‘plab ish o‘rinlari yaratib, aholining o‘z-o‘zini ish bilan bandligini oshirishga yordam beradi, mamlakatda iqtisodiy o‘sish uchun qo‘shimcha resurs yaratadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter