Xorijlik sayyohlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab turistik charter poyezdi yo‘lga chiqadi
2022 yil 7-18-oktyabr kunlari Germaniyaning «Lernidee Erlebnisreisen» turistik kompaniyasi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ hamkorligida xalqaro turizmni rivojlantirish maqsadida Olmaota – Toshkent – Qamashi – Kitob – Samarqand – Xiva – Buxoro – Xo‘jand – Toshkent yo‘nalishida «Orient Silk Road Express» nomli turistik charter poyezdi yo‘lga chiqadi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur turistik charter poyezdi Yevropa Ittifoqi va boshqa bir necha davlatlar sayohatchilari uchun tashkillashtirilgan bo‘lib, unda, jumladan, Fransiya, Gollandiya, Belgiya, AQSh, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Kanada davlatlaridan kelgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter