Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy tillardan yuqori natija qayd etganlarga 30 mlrd. so‘m qoplab berildi

Xorijiy tillardan yuqori natija qayd etganlarga 30 mlrd. so‘m qoplab berildi

Foto: Xabar.uz

Xorijiy tillar bo‘yicha yuqori natija erishgan yoshlarga 30 mlrdan ortiq summa qoplab berildi.

Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ma’lumot berdi. 

2021-yil 1-maydan 5 turdagi, 2022-yil 1-yanvardan 13 turdagi (jami 18 turdagi) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda. Bugunga qadar mazkur tizim orqali 17 460 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplab berildi va bu qariyb 30,3 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.

E’tiborlisi, mazkur tizimda kompensatsiya olgan qizlar soni bu safar ham yigitlar sonidan ko‘p. Ayol-qizlar 9 489 nafarni, yigitlar esa 7 975 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring