Xorijiy fuqarolarning vizasi 5 mayga qadar uzaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan xorijiy fuqarolarning mamlakatdan chiqib ketishlaridagi muammolarni inobatga olib, ularning viza muddatini joriy yilning 5 may sanasigacha avtomatik tarzda uzaytiriladi.
Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha maxsus komissiya yig‘ilishida shunga doir qaror qabul qilindi. Shuningdek, hujjatga ko‘ra, muayyan muddatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar fuqarolariga ham (belgilangan muddat buzilgan taqdirda) istisno tarzida mamlakat hududidan chiqib ketishiga 2020 yilning 5 mayiga qadar ruxsat beriladi.
Yuqoridagi holatlarda xorijiy mamlakatlar fuqarolariga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmaydi hamda jarima undirilmaydi. Transport vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda xorijiy fuqarolarning o‘z yoki uchinchi mamlakatga qaytishi uchun xarid qilingan «Uzbekistan Airways» AJning aviachiptasi mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning qaytib ketishi uchun tegishli reyslarini qo‘shimcha mablag‘ undirmagan holda tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter