Xorijiy davlatlarda saylov uchastkalari tuzildi – MSK
Markaziy saylov komissiyasining joriy yil 26-avgust kuni bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzishga oid masala ko‘rib chiqildi.
Saylov kodeksiga muvofiq, partiya ro‘yxati asosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona saylov okrugi bo‘yicha saylovini o‘tkazish uchun Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuzildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 39 ta chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari tuzilishi belgilandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalari Toshkent shahri hududiga biriktirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter