Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy davlat rahbarlari Prezidentni hayit bilan qutlamoqda

Xorijiy davlat rahbarlari Prezidentni hayit bilan qutlamoqda

Foto: «President.uz»

Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Ularda Prezidentimizga sog‘lik va muvaffaqiyatlar, mamlakatimiz xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon

Turkmaniston Ppezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon

Kuvayt Amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh

Ummon Sultoni Qobus bin Said

Bahrayn Podshohligi Hamad ibn Iso Ol Xalifa

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchi ibn Husayn

Bangladesh Prezidenti Abdul Hamid

Falastin Davlati Prezidenti, Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasi raisi Mahmud Abbos

Afg‘oniston hukumati Ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon

Islom hamkorligi tashkiloti Bosh kotibi Yusuf al-Usaymin

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, MDH Dinlararo kengashi hamraisi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring