Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijdan qaytgan yurtdoshimiz vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Xorijdan qaytgan yurtdoshimiz vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Foto: O‘zA

Otabek Anvarovich Nazirov Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyatini joriy yilning may oyidan boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

U monetar siyosat, bank tizimi, budjet siyosati, soliq tizimi, ijtimoiy xizmatlar, pensiya ta’minoti, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek, demografiya va aholi bandligini tadqiq etish bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Otabek Nazirov 1975-yili Toshkentda tug‘ilgan. AQShning Nyu-York shtatidagi Stouni-Bruk Davlat universitetida makroiqtisodiyotchi mutaxassisligini egallagan. Turli yillar davomida AQShning «GOLDMAN SACHS GROUP», Moskvadagi «TROYKA DIALOG» va «BANK MDM», Vashingtondagi «THE AVACENT GROUP» hamda Nyu-Yorkdagi «JP MORGAN CHASE» kompaniyalarida ham faoliyat yuritgan.

Vazir o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshlaguniga qadar Otabek Nazirov Londondagi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida sanoat sektoriga investitsiyalarni kiritish bo‘limining Bosh hududiy bankiri lavozimida ishlagan. Sanoat, ko‘chmas mulk, farmatsevtika sanoati, kimyo, qurilish materiallari va xalq iste’moli mollari kabi iqtisodiyotning turli sohalariga investitsiyalar kiritish bo‘yicha 50 dan ziyod loyihalarni ishlab chiqqan va moliyalashtirgan.

Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bo‘yicha loyihalarni boshqargan va muvofiqlashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring