Xorijdagi talabalar soni bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 5-o‘rinda!
Statista portali UNESCO ma’lumotlari asosida 7-may kuni taqdim etgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston xorijda tahsil olayotgan talabalari soni bo‘yicha dunyodagi beshinchi mamlakat hisoblanadi.
Taxminan 110 ming nafar talabalarimiz chet el mamlakatlarida o‘qishayotgani ko‘rsatilgan. Fransiya va AQShdan oldindamiz.
Chet elda eng ko‘p talabalarga ega mamlakat — Xitoy (1 milliondan ziyod).
Keyingi o‘rinlarda: Hindiston (508 mingdan ortiq), Vetnam (137 ming) va Germaniya (126 ming).
Xo‘sh, asosan qaysi mamlakatlar xorijdan kelgan talabalarga tahsil beryapti.
Birinchi o‘rinda — AQSh, 2021-yilda bu yerda o‘qiyotgan chet ellik talabalar soni 833 ming nafardan oshgan.
Keyingi o‘rinlarda: Buyuk Britaniya (601 000 atrofida), Avstraliya (378 000 atrofida), Germaniya (376 000 dan ortiq), Kanada (salkam 318 000).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter