Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish tartibi belgilandi

Xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish tartibi belgilandi

Foto: «.yahoo.com»

«Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining bolalarini O‘zbekistonga qaytarish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» Hukumat qarori (6-son, 07.01.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq:

  • xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar O‘zbekistonga Ichki ishlar vazirligi tomonidan qaytariladi;
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni O‘zbekistonga qaytarish Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tashkil etiladi;
  • ushbu bolalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmaganda, ularning O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomda xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish tartibi belgilandi.

Nizomga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish bo‘yicha vakolatli organlar hisoblanadi.

Bu boradagi faoliyat Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring