Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmning 3 ta tumaniga yangi hokimlar keldi

Xorazmning 3 ta tumaniga yangi hokimlar keldi

Bugun, 1-aprel kuni Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirokida Tuproqqal’a, Qo‘shko‘pir va Bog‘ot tumanlari xalq deputatlari Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi.

Ularda tashkiliy masalalar ko‘rilib, mazkur tumanlarga yangi hokimlar nomzodi ilgari surildi.

Unga ko‘ra:

  • shu kunga qadar Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi  boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Axmedov Shuxrat Kurvondurdiyevich Tuproqqal’a tumani hokimi lavozimiga;
  • shu kunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Nazarov Jahongir Baxromovich Bog‘ot tumani hokimi lavozimiga;
  • bunga qadar iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUK direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Egamov Boburbek Davlatnazarovich Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urganch shahriga ham yangi hokim tayinlangani xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring