«Imtiyozli shartlarda 100 million dollar ajratiladi» — Xorazmda yig‘ilish o‘tkazilmoqda
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholimizga munosib yashash sharoitlarini yaratish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilayotgani ta’kidlandi.
Lekin, tobora o‘zgarib borayotgan talab va ehtiyojlar mutasaddilar va viloyat rahbariyati oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
Davlatimiz rahbari viloyatdagi zaxiralarni ishga solishning yangi imkoniyatlarini belgilab berdi. Xorazmliklar mehnatkash, intiluvchan, izlanuvchan, yangilik yaratuvchi xalqligini, ularga faqat sharoit qilib berish kerakligini ta’kidladi.
Prezident bugun muhokama qilinadigan tadbirlarga 1,1 milliard dollar va 10 trillion so‘m yo‘naltirilayotganini ta’kidladi.
Xorazmda kichik va o‘rta biznesni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli shartlarda 100 million dollar ajratilishi belgilandi. Buning hisobidan 5,5 ming tadbirkorga ko‘mak berilib, 50 mingta doimiy ish o‘rni yaratiladi.
Amudaryo ustidan yangi ko‘prik qurilishi ko‘p yillik muammoni hal qildi. Eng muhimi, aholini 2 soat vaqti tejaladigan bo‘ldi, temir yo‘lda yuk tashish xarajatlari 1 ta vagon uchun 600 ming so‘mga arzonlashayapti.
Bu – tabiiy xomashyo zaxiralari kam bo‘lgan Xorazm tadbirkorlari uchun yangi imkoniyat, sanoat va xizmatlar uchun esa juda katta turtki.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter