Xorazmdagi tug‘uruqxonada 24 yoshli ayol vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Yangi bozor tumanidagi tug‘uruqxonada 24 yoshli fuqaro G.B.ning shifokorlar aybi bilan vafot etganligi haqida xabarlar tarqalgan.
Viloyat prokuraturasi bargan ma’lumotga ko‘ra, joriy yil 12-sentyabr kuni Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq kompleksida tumanning Shirinqo‘ng‘irot qishlog‘i, Ochanqal’a mahallasida yashagan 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro G.B. qiz chaqaloq tuqqan va tug‘uruqdan keyin G.B. da qon ketish kuzatilgach, unda bachadon ortig‘i bilan olish jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.
Jarrohlik amaliyotidan keyin G.B. 13-sentyabrda RShTYoIM Xorazm filialiga o‘tkazilgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, ertasi kuni filialning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Fuqaro G.B. ning o‘limi sababini aniqlash yuzasidan sud – tibbiy ekspertizasi hamda unga ko‘rsatilgan tibbiy yordamning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlash yuzasidan komissiyaviy sud – tibbiy ekspertizasi, shuningdek G.B. ning vafoti bo‘yicha shifokorlarning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan Yangibozor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter