Xorazmda seriyali jinoyatlar qilgan xavfli guruhga hukm o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudida 8 nafar yoshlardan tashkil topgan jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi. Bu haqda Xorazm viloyati sudi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, guruh 2002-yilda Urganch shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta, vaqtincha ishsiz, muqaddam bir necha bor sudlangan M.S., 2003-yilda Urganch shahrida tug‘ilgan, Urganch davlat universiteti talabasi, muqaddam sudlanmagan B.A., 2003-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan M.A., 2000-yilda Urganch shahrida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan O.M., 2000-yilda Urganch shahrida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan R.R., 2001-yilda Urganch shahrida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan B.H., 1998-yilda Urganch tumanida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan X.E. hamda 2000-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli, vaqtincha ishsiz va muqaddam sudlanmagan A.S. ismli fuqarolardan tashkil topgan.
Sudda aniqlanishicha, jinoiy guruh Urganch va Xiva shahrida hamda Gurlan va Urganch tumanlarida tungi paytda ko‘chada qoldirilgan avtomobillarni kabob sixi yordamida ochib, mashina salonidan pul, qimmatbaho buyumlar, pasport va hujjatlarni o‘g‘irlab kelishgan. Seriyali tarzda davom ettirilgan jinoyatlar natijasida 17 nafar fuqaroga moddiy zarar yetkazilgan.
Sud hukmiga ko‘ra M.S. JKning 59-moddasi tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 5 (besh) yil 1 (bir) oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
B.A. esa JK 169-moddasi 3-qismining «a» bandi, 25,169-moddasi 3-qismining «a» bandi, 28,169-moddasi 3-qismining «a» bandi va 227-moddasi 2-qismining «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59,61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qolgan a’zolarga ham turli yillarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter