Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda suv ta’minoti idorasining ikki ishchisi halok bo‘ldi

Xorazmda suv ta’minoti idorasining ikki ishchisi halok bo‘ldi

Foto:«Xorazm O‘zsuvta’minot»

26-iyun kuni taxminan soat 20:00 larda Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan 1-sonli oqova suv haydash stansiyasida 2 nafar ishchi oqova suvlarni haydash stansiyasidagi nasosni tozalash maqsadida quduqqa tushgan. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

«Xorazm suv ta’minoti» MChJ Urganch tuman bo‘limiga qarashli mazkur stansiyada texnik xavfsizlik va shaxsiy himoya qoidalariga rioya qilmagani oqibatida, birlamchi taxminlarga ko‘ra, ikkalasi ham toksik gazdan (serovodorod) zaharlangan va voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring