Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda poyezd ayolni bosib ketdi. Bosh prokuratura bayonot berdi

Xorazmda poyezd ayolni bosib ketdi. Bosh prokuratura bayonot berdi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent-Xorazm yo‘nalishida ketayogan poyezd odam urib yuborganligi haqida videoxabar  tarqalgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Aniqlanishicha, 8 dekabr kuni soat 09.25larda 43 yoshli ayol o‘zini ehtiyotsizligi tufayli «Istiqlol-Hazorasp» yo‘nalishida kelayotgan yo‘lovchi poyezdi urib ketishi oqibatida olgan og‘ir tan jaroxatlari bilan vokea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Urganch transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring