Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda ham bog‘cha bolasi to‘satdan vafot etdi

Xorazmda ham bog‘cha bolasi to‘satdan vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi bog‘chada 5 yoshli bola vafot etgani ma’lum qilindi.

Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasiga ko‘ra, tumandagi Toma mahallasida joylashgan 24-son davlat Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi O‘.Sh.A (5 yosh)ning tushlikdan so‘ng tobi qochgan. Zudlik bilan tez yordam chaqirilgan, ammo bola vafot etgan.

«Bu bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, shuningdek huquqni muhofaza quluvchi tashkilotlar tomonidan yakuniy xulosa berilgach, Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati tomonidan to‘liq bayonot beriladi», deyiladi xabarda.

Avvalroq Namangandagi bog‘chada bola tilini chaynab vafot etgani, shuningdek, Shahrisabzda bola noxush holat qurboniga aylangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring