Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda dollar sotib olayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Xorazmda dollar sotib olayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan  tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro S.A. fuqaro I.dan jami 3 000 AQSh dollarini har bir AQSh dollarini 10 700 so‘mdan hisoblab, 32,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida uning yonida bo‘lgan 41 316 AQSh dollari, 17 000 rossiya rubli va 62,7 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring