Xorazmda ayol dahshatli jinoyatga qo‘l urdi
Xorazmda ayol dahshatli jinoyatga qo‘l urib, tanishini o‘ldirdi va ko‘mib yubordi.
Xorazm viloyati prokurasining xabariga ko‘ra, hodisa joriy yilning 17-aprel kuni sodir bo‘lgan.
Urganch shahrining «Hamjihatlik» mahallasida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan ayol o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 1975-yilda tug‘ilgan ayolni qo‘ng‘iroq orqali uyiga taklif qilgan. Uyda ular o‘rtasidagi pul oldi-berdisi sabab nizo kelib chiqqan. Natijada, mezbon ayol mehmon ayolni ro‘mol bilan bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirgan.
U marhumaning murdasini uyining hovlisiga chuqur kavlab, ko‘mib yuborgan.
Ayni vaqtda gumonlanuvchi ayol qo‘lga olingan hamda hodisa yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter