Pora evaziga Milliy gvardiyaga kirgizmoqchi bo‘lgan inspektor ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan Milliy gvardiya va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda «Yu.» AJ inspektori M.P. fuqaro O.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Milliy gvardiyaga tizimiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro D.X. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni «I.I.» MChJga ishga kiritib qo‘yish evaziga 9 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter