Xorazm viloyati hokimiga ikkita o‘rinbosar tayinlandi

Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda Xorazm viloyat hokimligining rasmiy sahifalarida ma’lum qilindi.
Saidov Botir Ozodovich Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
B.Saidov 1975-yilning 13-avgustida Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. 1997-yil Urganch Davlat universiteti, 2006-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – agrobiznes, bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari.
Botir Saidov bugunga qadar O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Aktivlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash kompleksi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sabirov Kamiljan Erkinovich — Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sabirov Kamiljan Erkinovich Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter