Xorazm viloyati hokimi bokschi Dilshodbek Ro‘zmetovni «Spark» bilan mukofotladi

2019 yilning 7-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida xorazmlik charm qo‘lqop ustasi Dilshodbek Ro‘zmetov kumush medal sohibi bo‘lgan edi. Prezidentimiz Farmoniga binoan Dilshodbek «Kelajak bunyodkori» medali, shuningdek pul mukofoti va «Gentra» avtomobili bilan mukofotlandi.
Xorazmlik boks ihlosmandlari jahon chempionatining shohsupasidan munosib joy egallagan iqtidorli sportchini tantanali kutib oldilar. Xorazm viloyati hokimi F. Ermanov yurtimiz sha’ni va obro‘sini dunyo miqyosida munosib himoya qilgan bokschining ringda erishgan g‘alabalarini e’tirof etib, «Spark» avtomashinasi bilan mukofotladi. Muxlislar Dilshodbek Ro‘zmetov 2020 yilda Yaponiya poytaxti Tokioda o‘tkaziladigan navbatdagi Yozgi Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishiga ishonch bildirdilar.
Odilbek Odamboyev,
(«Xalq so‘zi»)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter