Xorazm aholisi uchun ichimlik suvining yangi tariflari tasdiqlandi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashining 2025-yil 20-maydagi tegishli qarori bilan Xorazm viloyati aholisi uchun yangi tariflar tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 2025-yilning 5-iyunidan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi (QQSsiz):
Ichimlik suvi:
- aholi uchun –1 m3 – 4500 so‘m;
- budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 10 400 so‘m;
- ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 - 10 400 so‘m;
Oqova suv xizmati:
- aholi uchun – 1 m3 – 1 850 so‘m;
- budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 3 800 so‘m;
- ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 3 800 so‘m.
Ma’lumot uchun, iste’molchilar ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun oldindan to‘lov amalga oshirgan taqdirda ikki oy davomida eski tariflar bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter