Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonandaning ishini «yopdi-yopdi» qilgan tergovchi harakatlarini prokuratura o‘rganadi

Xonandaning ishini «yopdi-yopdi» qilgan tergovchi harakatlarini prokuratura o‘rganadi

Foto: Xabar.uz

Xonanda J.U.ning ishi bo‘yicha dastlab jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan IIB tergovchisining harakatlari prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Voyaga yetmagan Sh.M.ni majburlab nomusiga tekkanligi holati yuzasidan J.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi, jinoyat ishlar bo‘yicha  Kattaqo‘rg‘on shahar sudida mazmunan ko‘rilib, sudning 02.02.2021 yildagi hukmi bilan J.U. va boshqalar aybdor deb topilib, ularga nisbatan sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlandi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha dastlab tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borib, yuz bergan holatda biron-bir shaxsning harakatida jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqidagi asos bilan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilgan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TB tergovchisining harakatlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring