Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida xokkey bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston yoshlari Turkmaniston (5:0), Eron (14:1), Mo‘g‘uliston (7:4), Tailand (10:2) va Birlashgan Arab Amirliklari (8:1) jamoalarini mag‘lub etishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Jasurbek Rustamxonov turnir to‘purari bo‘ldi. U beshta o‘yinda 26 (14 gol va 12 golli uzatma) ochko to‘plagan.
Qayd etish joizki, mazkur chempionat o‘zbek xokkeyi tarixida terma jamoaning Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) shafeligida o‘tkazilgan rasmiy turnirdagi ilk chiqishi bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter