Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xokkey bo‘yicha ilk O‘zbekiston chempionatining g‘olibi aniqlandi (foto)

Xokkey bo‘yicha ilk O‘zbekiston chempionatining g‘olibi aniqlandi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Poytaxtimizdagi «Ice City» muz maydoni mezbonlik qilgan xokkey bo‘yicha birinchi bor o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida barcha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh sovrin uchun finalda «Binokor» hamda «Semurg‘» jamoalari kuch sinashdi.

Jamoalarning murosasiz kechgan qarama-qarshiligida g‘olib nomini aniqlash uchun 5 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Hal qiluvchi uchrashuvda «Semurg‘» raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay 4:1 hisobida ustun kelib, xokkey bo‘yicha ilk bor o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida g‘alaba qozondi.

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati. Final

«Semurg‘» – «Binokor» 4:1 (seriyalar bo‘yicha 3:2)

Bronza medallari «Humo» jamoasiga nasib etdi. Tantanali taqdirlash marosimida mavsumda o‘zini ko‘rsatgan bir qator xokkeychilarga shaxsiy sovrinlar topshirildi. Unga ko‘ra «Binokor» a’zosi Javohir Rasulov chempionatning eng foydali xokkeychisi bo‘ldi. «Semurg‘» hujumchisi Sergey Golev esa eng yaxshi to‘purar va hujumchi deb topildi. Shuningdek, Aleksandr Zokirov («Binokor») eng yaxshi darvozabon, Konstantin Govrilenko («Semurg‘») esa eng yaxshi himoyachi bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring