Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xokkey: AQSh 1960 yildan beri ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Xokkey: AQSh 1960 yildan beri ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

AQSh xokkey terma jamoasi 2025-yilgi jahon chempionati finalida Shveysariya ustidan g‘alaba qozonib, tarixdagi uchinchi chempionligini qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi bahs Shvetsiya poytaxti Stokgolmda bo‘lib o‘tdi.

Final uchrashuvi overtaymgacha davom etdi va amerikaliklar 1:0 hisobida zafar quchdi. Bronza medali esa Shvetsiyaga nasib etdi — ular uchinchi o‘rin uchun bellashuvda Daniyani mag‘lub etdi.

Bu AQSh xokkeychilarining 1933 va 1960-yillardan keyingi ilk chempionligi bo‘ldi. Shuningdek, jamoa tarixida 9 marta kumush medalga sazovor bo‘lgan

Shveysariya esa jahon chempionati finalida beshinchi bor o‘ynadi, ammo yana oltin medalga yetisha olmadi. O‘tgan yili ular finalda Chexiyaga 0:2 hisobida yutqazgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring