Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xo‘ja Porso masjidi ishi bo‘yicha ayrim mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xo‘ja Porso masjidi ishi bo‘yicha ayrim mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: https://uzbekistan360.uz/

Xo‘ja Porso masjidining tarixiy binosi buzilganligi holati yuzasidan Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 132- (Moddiy madaniy meros ob’yektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) va 205- (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Avvalroq, Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan Marg‘ilondagi qadimiy Xo‘ja Porso jome masjidi buzib tashlangani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring