Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xizmat paytida uxlab, so‘ng fuqaroga nomaqbul harakatlar qilgan «GAI» yuzasidan ma’lumot berildi

Xizmat paytida uxlab, so‘ng fuqaroga nomaqbul harakatlar qilgan «GAI» yuzasidan ma’lumot berildi

Joriy yilning 11-sentyabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori A.Jo‘raqulov Yangihayot tumanida «Lasetti» xizmat avtomobilining salonida uxlab yotgan vaqtida fuqaro tomonidan tasvirga olingan.

YPX inspektori avtomobildan tushib nomaqbul harakatlar qilib, tilini ko‘rsatgan, so‘ng tamaki maxsulotini iste’mol qilganligi videoda aks etgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

YHXB avvalroq, «GAI akalarimizdan alkotester innovatsiyasi» sarlavhasi ostida tarqalgan videoga ham izoh bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring