Xiyonat ustida qo‘lga tushgan xodim ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi
24-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Sirdaryoda birovning xotinini yo‘ldan urib, ifloslik qilgan Toshkentning GAIsi qo‘lga olindi» sarlavhasi ostidagi video tarqalgandi.
IIV YHXBB axborot xizmati ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi.
Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi A. R.ning olgan tan jarohati bo‘yicha YPXB komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan boshqarma boshlig‘i nomiga yozilgan bildirgi asosida xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.
Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, «Ichki ishlar organlarining intizom ustavi» va boshqa qator talablarni qo‘pol ravishda buzib, ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uyg‘onishiga sababchi bo‘lganligi uchun A. R. ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter