XIX Osiyo o‘yinlari: musobaqaga boradigan o‘zbekistonlik bokschilar ro‘yxati e’lon qilindi
Joriy yilning 23-sentyabr – 8-oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa dasturidan boks bo‘yicha bellashuvlar ham o‘rin olgan. Mazkur o‘yinlar Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani taqdim qiladi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi ham Xanchjoudagi musobaqada qatnashadigan bokschilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, boks bo‘yicha terma jamoa Osiyo o‘yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar:
- -51 kg: Hasanboy Do‘smatov
- -57 kg: Abdumalik Xalokov
- -63,5 kg: Ruslan Abdullayev
- -71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
- -80 kg: To‘rabek Xabibullayev
- -92 kg: Lazizbek Mullojonov
- +92 kg: Bahodir Jalolov
Ayollar:
- -50 kg: Sabina Boboqulova
- -54 kg: Nigina O‘ktamova
- -57 kg: Sitora Turdibekova
- -60 kg: Rayhona Qodirova
- -66 kg: Navbahor Hamidova
- -75 kg: Aziza Zokirova
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter