Xiva Islom dunyosining turizm poytaxti deb e’lon qilindi
Xiva Islom dunyosining 2024-yildagi turizm poytaxti deb e’lon qilindi, bu haqda O‘zbekiston prezidentining matubot kotibi telegram-kanalida xabar berdi.
Ushbu qaror Islom hamkorlik tashkiloti vazirlar kengashining Boku shahrida o‘tgan XI sessiyasida qabul qilingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, turizm sohasini rivojlantirish, tarixiy obidalarni asrab-avaylash, muqaddas qadamjolarni obod qilish, ajdodlarimiz ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish borasidagi ishlar natijasida va buning e’tirofi sifatida Xiva shahrining nomzodi BAAning Abu-Dabi, Turkiyaning Shanliurfa, Nigeriyaning Lagos, Tojikistonning Dushanbe shaharlari orasida g‘olib deb topildi, deb yozdi Sherzod Asadov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter