Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyning eng yirik xususiy kompaniyalari reytingi e’lon qilindi

Xitoyning eng yirik xususiy kompaniyalari reytingi e’lon qilindi

Foto: «Akchabar»

«Huawei» Xitoydagi xususiy kompaniyalar orasida eng yirigi sifatida e’tirof etildi. Bu haqda Butunxitoy sanoat va savdo federatsiyasi ma’lum qildi.

Top-500 lik reytingiga xususiy kompaniyalar kiritilmagan.

«Huawei» operatsion daromadlari 2020-yilda 891,3 mlrd. yuan ($137,9 mlrd.)ni tashkil etdi.

Onlayn savdo bilan shug‘ullanuvchi «JD​​​.com» ikkinchi o‘rinda — 768,6 mlrd. yuan ($118,9 mlrd., 2020-yil).

Uchinchi o‘rinda «Hengli Group» kompaniyasi (tekstil, neft-kimyo) — 695,3 mlrd. yuan ($106,6 mlrd.).

Yetakchi beshlikka «Zhengwei International Group» ($106 mlrd.) va «Alibaba Group» ($100 mlrd.) ham kirdi.

Xitoyda har birining aktivlari 100 mlrd. yuan ($15,4 mlrd.)dan yuqori bo‘lgan kompaniyalar soni 98 taga yetdi, bu bir yil oldingidan 18 taga ko‘pdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring