Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoylik shifokorlar koronavirusdan qorayib ketishdi

Xitoylik shifokorlar koronavirusdan qorayib ketishdi

Foto: «Osurgut.com»

Koronavirus tufayli halok bo‘lishiga oz qolgan xitoylik shifokorlar terisi qorayib ketganini payqab qolishgan. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.

Yu Fan va Xu Veyfeng ismli shifokorlar joriy yil yanvar oyida Uxan markaziy shifoxonasida bemorlarni davolayotganda virusni yuqtirib olishgan. Ekstrakorporal membranali oksigenatsiya (EKMO) usuli bilan davolangach, kasallikni yengib, hushiga kelishgan.

Koronavirus organizmga tarqalgach, jigar zararlangan. Buning natijasida kelib chiqqan gormonal disbalans shifokorlarning terisi notabiiy tusga kirishiga sabab bo‘lgan, deya ma’lum qilishdi klinikadagi tibbiyot xodimlari.

«Ilk bor o‘zimga kelib, ahvolimdan boxabar bo‘lganimda qo‘rqib ketdim. Ko‘p dahshatli tush ko‘rdim», — dedi shifokorlardan biri.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring