Xitoylik qiz ukasini qutqarish uchun universitetdan voz kechdi
Xitoyning Lyunyungan shahrida istiqomat qiladigan 18 yoshli Li Szi universitetga kirish imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Ukasi esa og‘ir kasaldan aziyat chekayotgan va ilik translantatsiyasiga ehtiyoj bor edi.
Bolaga donorlik qilish uchun na ona va na otaning iligi to‘g‘ri keldi. Faqat opasi donor bo‘lishiga to‘g‘ri keldi. Bunday holatda Li Szi universitetdan bir yilga voz kechishiga to‘g‘ri kelardi. Qiz ikkilanmay o‘qishidan voz kechdi.
«Men bir yildan keyin ham o‘qishga kirishim mumkin. Ukam esa kuta olmaydi», — dedi qizcha. Operatsiya mart oyida bo‘lib o‘tdi. Oila operatsiya uchun qarz olishiga to‘g‘ri keldi. Hozirda hammasi yaxshi, bolaning sog‘ligiga xavf yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter