Xitoylik olimlar COVID-19 vaksinasi sinovdan o‘tganini e’lon qilishdi

PiCoVacc vaksinasi maymunlar, sichqonlar va kalamushlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.
Natijalar sinov o‘tkazilgan jonivorlarda virusga qarshi antitelalar paydo bo‘lgani va u zararsizlantirilganligini ko‘rsatgan. Olimlar, shuningdek, barcha hayvonlar emlash jarayonini og‘riqsiz va asoratsiz o‘tkazishganini ma’lum qilishdi.
Vaksinalarni ishlab chiqarish uchun Xitoy, Italiya, Ispaniya va Angliyadagi bemorlardan olingan o‘pka suyuqligi namunalari ishlatilganligi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter