Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoylik olim maymun virusidan vafot etdi

Xitoylik olim maymun virusidan vafot etdi

Foto: «Kartinkin.com»

Xitoyda maymunlarning V virusidan birinchi odam o‘limi qayd etildi, deb yozmoqda Global Times.

Ta’kidlanishicha, pekinlik 53 yoshli veterinar hayotdan ko‘z yumgan. Mart oyining boshida u o‘zining eksperimental tadqiqot ishlari doirasida ikkita o‘lik maymunni yorib ko‘rgan. Bir oydan so‘ng unda ko‘ngil aynishi, qusish va isitma alomatlari paydo bo‘lgan. Mutaxassis 27-may kuni olamdan o‘tdi.

Tadqiqot natijalari veterinar maymunlarning V virusini (BV) yuqtirganligini tasdiqladi. Avvalroq, Xitoyda ushbu infeksiyadan o‘lim yoki hatto klinik yuqtirish holatlari ham qayd etilmagan.

Xabarlarga ko‘ra, veterinarning qarindoshlarida o‘tkazilgan tekshiruvlar ularda maymun virusini aniqlamagan.

1932-yilda topilgan virus maymun bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish va organizm sekretsiyasi almashinuvi yo‘li bilan yuqishi mumkin. O‘lim darajasi 70 — 80 foizni tashkil etadi. Xitoyda allaqachon laboratoriya makakalari ustidan nazoratni kuchaytirish va veterinarlarni himoya qilishga chaqirishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring