Xitoylik kelin-kuyov suratga olish jarayonida halok bo‘lishdi
Xitoy sharqida joylashgan Venchjou shahrida bir necha kishi to‘y uchun suratga olish marosimida halokatga uchradi. Hodisa tasvirlari «Newsflare» saytiga joylangani aytilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, 2-sentyabr kuni qoyatoshlarda suratga tushishni niyat qilgan kelin-kuyovni dengiz suvi oqizib ketgan. Ular bilan birga to‘lqin fotosuratkash va vizajistni ham olib ketgan.
Kelin bilan vizajistning murdasi topilgan, fotosuratkash esa bedarak ketgan. Kuyovning qismati haqida agentlik hozircha xabar bermayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter