Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zavoddagi portlash oqibatida 60 ga yaqin kishi jarohatlandi

Zavoddagi portlash oqibatida 60 ga yaqin kishi jarohatlandi

Foto:«RIA Novosti»

Xitoyning shimoli-sharqida joylashgan Szilin provinsiyasida joylashgan zavoddagi portlash natijasida jabrlanganlar 57 tani tashkil qilmoqda.

RIA «Novosti»ning Dunfen uyezdi ma’muriyatiga asoslanib, ma’lum qilishicha, 57 kishidan bir nafari juda og‘ir ahvolda.

Portlash 23 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Uning oqibatlarini bartaraf etish uchun 220 ta o‘t o‘chiruvchi, 150 nafar politsiyachi va 80 ga yaqin shifokorlar jalb etilgani ma’lum qilindi.

Mazkur portlash terrorchilik huruji bo‘lishi mumkinligi inkor etilgan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring