Xitoyda shaxtadagi portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Bugun, 5-iyun kuni Xitoy shimoli-sharqida joylashgan temir konida portlovchi moddalar ortilgan transport portlashi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi jarohatlandi. 25 kishi esa yer tagida qolib ketgan. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lumotiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Hozir shaxta ichida 25 kishi qolib ketgan. Xabar berishlaricha, ulardan ba’zilari bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘lingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter