Xitoyda marhumlarni dafn etish taqiqlanmoqda, tobutlar yo‘q qilinyapti
Xitoy janubi-sharqida joylashgan Szyansi provinsiyasi hukumati «krematsiya» siyosatini amalga oshirishga kirishdi, unga ko‘ra marhumni yerga ko‘mish, tobutlardan foydalanish kabi an’anaviy marosimlar taqiqlanadi. «Life.ru» sayti «South China Morning Post» gazetasiga asoslanib xabar tarqatishicha, bundan ko‘zlangan maqsad yer resurslarini saqlab qolishdir.
Ushbu gazeta xabariga ko‘ra, sentyabr oyidan provinsiya hukumati inson qoldiqlarini yo‘q qilishning yagona ruxsat etilgan shakli sifatida krematsiya (yoqib yuborish)ni to‘liq joriy etmoqchi.
Hukumatning niyati jiddiyligini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqab ketgan fotosuratlar ham tasdiqlaydi. Xususan, Ganchjou, Szyan, Ichun shaharlarida musodara qilingan minglab tobutlar ekskavatorlar yordamida yo‘q qilinmoqda. Hukumat vakillariga keksa kishilar qarshilik ko‘rsatishmoqda — tobutlarni olib ketmasliklari uchun ichiga yotib olishmoqda.
Marhumning qarindoshlari uchun jasad krematsiya qilingani haqida hukumatga hujjat taqdim etish majburiyati joriy etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter